» » Saudiya Arabistonidagi Al-Harom va Nabaviy Masjidda ham jamoat namozlari o‘qilishi to‘xtatildi

Saudiya Arabistonidagi Al-Harom va Nabaviy Masjidda ham jamoat namozlari o‘qilishi to‘xtatildi


Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus pandemiyasining oldini olish maqsadida Makkadagi Al-Harom va Madinadagi Nabaviy Masjidda ibodatlarni vaqtincha to‘xtatishga ko‘rsatma berdi, deb xabar qiladi Al-Ekhbariya telekanali.

Ushbu chora 20-martdan kuchga kiradi va vaziyat o‘nglanmaguncha amal qiladi.

17-martdan podshohlikda Al-Harom va Nabaviy Masjiddan tashqari barcha masjidlarda jamoat, jumladan juma namozlariga vaqtincha taqiqlov kiritilgandi. Endi bu ikki bosh masjid ham ibodatlar uchun yopiladi.

“Makka va Madinadagi ikki muqaddas masjid, jumladan ularning hovlilarida jamoat namozlarini ado etish vaqtincha to‘xtatiladi”, —  deyilgan xabarda.

Fevral oxirida Saudiya Arabistoni rasmiylari Makka shahrida Umra amalini bajarish va Madinada Nabaviy Masjidni ziyorat qilish uchun keladigan fuqarolarning mamlakatga kirishini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygandi. Makkada koronavirus tufayli ziyoratchilarning Ka’ba atrofidagi maydonga o‘tishi vaqtincha cheklangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda juma namozlari vaqtincha o‘qilmaydi — Usmonxon Alimov musulmonlarga murojaat qildi

Avvalroq, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan mamlakat musulmonlariga murojaat va chaqiriq bilan chiqib, mamlakatda juma namozlari vaqtincha o‘qilmasligini ma’lum qilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni 19-mart kuni 36 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda 274 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют