» » Joshua va Pulev o‘rtasidagi jang koronavirus sabab qoldirildi

Joshua va Pulev o‘rtasidagi jang koronavirus sabab qoldirildi


Boks bo‘yicha IBF, WBA, WBO va IBO yo‘nalishlarida Jahon chempioni Entoni Joshua va Kubrat Pulev ishtirokidagi 20-iyun sanasiga belgilangan jang koronavirus sabab qoldirildi. Bu haqda bolgariyalik bokschining o‘zi ma’lum qildi.

“Koronavirus sabab jangni 20-iyunda o‘tkazib bo‘lmaydi. Jang keyinroq, yil oxirida bo‘lib o‘tadi”, — deydi Pulev.

IBF kamari uchun kechadigan jang 20-iyun kuni Londondagi “Tottenhem Stedium”da o‘tishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, Joshua 2019-yilning 8-dekabrida Endi Ruisga qarshi kechgan revansh jangida g‘alaba qozongan holda to‘rtta chempionlik kamarini qaytarib olgandi.

30 yoshli britaniyalik bokschi professional boksda 23 g‘alaba (21 tasi nokaut) qayd etib, bir bor mag‘lub bo‘lgan. 38 yoshli Pulev esa 28 ta g‘alabaga (14 nokaut) erishib, bir marta mag‘lubiyatga uchragan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют