» » Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 49 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 49 kishiga yetdi


Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha ikkita holat qayd etildi, deb xabar beradi Tengrinews.

“Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bo‘yicha yana beshta holat qayd etildi. Bugungi kunga kelib mamlakatda 49 kishida koronavirus aniqlangan. Olmaotada — 22, Nur-Sultonda — 25 va Qarag‘andada 2 ta holat qayd etilgan”, — deyiladi Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Aniqlanishicha, Qarag‘andada koronavirusga chalingan fuqarolar — Minskdan uchib kelgan yo‘lovchilar. Virusni yuqtirib olganlardan biri 1971-yilda, ikkinchisi 1972-yilda tug‘ilgan.

Olmaotada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha uchta holat aniqlangan: 1982-yilda tug‘ilgan ayol, Berlindan kelgan 41 yoshli ayol hamda Fransiyadan kelgan 23 yoshli fuqaro. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 860 kishi statsionar karantinda, 2611 kishi uy karantinida saqlanmoqda.

Bundan avval mamlakatda ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqdi, davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi. Fuqarolarga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi. Mamlakatda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Bu davrda qozog‘istonliklar mamlakatni tark eta olmaydi (xorijga davolanish uchun ketayotganlardan tashqari).

Mavzuga doir: 

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют