» » Daraxt ekdingmi? Smartfonni qolga kirit! Murad Buildingsdan ekologik aksiya

Daraxt ekdingmi? Smartfonni qolga kirit! Murad Buildingsdan ekologik aksiya


Bahor bejiz yangilanish, yosharish va ezgu tashabbuslar fasli deb atalmaydi. Yilning ushbu faslida biz yangi ishlarga kirishamiz, anchadan buyon boshlamoqchi bolgan ishlarni urunib koramiz va kelajakka qarab olga qadam tashlaymiz. Tabiatning ozi bizga barchasini boshidan boshlash mumkin bolgan yangi yil kirib kelgani haqida eslatadi. Aynan bahor daraxtlar ekish, bizni orab turgan hududni kokalamzorlashtirish va shu tariqa olamni gozallashtirish uchun maqul payt.

 

Mamlakatimizni yanada chiroyli, yashash uchun qulay qilish va ekologik muhitni yaxshilash niyatida Murad Buildings Mening yashil Ozbekistonim aksiyasini ishga tushirdi.

Aksiya mohiyati juda oddiy:

18-aprel kuni goliblar tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. Yetti nafar tanlov qatnashchisi inson Samsung Galaxy A5 telefonlarini qolga kiritadi.

Daraxtlarni qayerdan olish mumkin?

Agar siz aksiyada ishtirok etib, oz shahringizni kokalamzorlashtirishga hissa qoshmoqchi bolsangiz, kochat sotib olib, uni hovliga, yer maydoniga yoki ozingiz istagan boshqa joyga ekishingiz mumkin. Daraxtlarni qayerdan topish mumkin? Katta yollar boyida rastalarda kop uchratish mumkin, u yerdan osimliklarning keng turini xarid qilish mumkin. Shuningdek, kochatlar bazi bozorlarda va shahardan chiqishda sotiladi.

Daraxtlarni olishda qiyinchilik tugilsa, Murad Buildings jamoasi bu vaziyatni hisobga olib qoygan. 1017-aprel kunlari 09:00 dan 19:00 gacha siz AVALON biznes-markazida, Green City va Amir Temur turar-joy majmualarida minglab akatsiya, tut, eman, lipa, shumtol va kashtan kochatlaridan birini mutlaqo bepul olib ketishingiz mumkin.

Takidlash joiz, Murad Buildings jamoasi tabiatni qayta tiklash va mamlakat eko-balansini saqlashga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega aksiyalarni birinchi marta otkazayotgani yoq. 2015-yil iyulida ularning tashabbusi bilan shahar boglarida va hovlilarida taxminan 2000 ta chugurchiq uyasi va 700 ta ozuqadonlar ornatilgan, otgan yili esa ular safiga kompaniyaning barcha turar-joy majmualarida jarqaldirgochlar uchun inlar qoshildi.

Bunday aksiyalar biznign barchamizga umumiy uyimiz Tabiatni asrash yolida birlashishda yordam beradi. Bitta daraxtni ekish juda arzimas ish bolib korinadi. Ammo respublikamizning 30 million kishilik aholisining har biri ushbu tashabbusga qoshilsa, mamlakatimiz qanchalik shinam, gozal va yam-yashil bolib ketishini bir tasavvur qilib koring! Odam aynan shunday joyda yashash va bolalarni katta qilishni istaydi, shunday emasmi?

Reklama huquqi asosida!

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (13-04-2017, 13:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
:
-
:
20 ... -