» » O‘rta Chirchiq tumanidan o‘tuvchi yo‘lda Damas yonib ketdi

O‘rta Chirchiq tumanidan o‘tuvchi yo‘lda Damas yonib ketdi


19-mart kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent—Nurafshon avtomobil yo‘lining 22-kilometrida Damas avtomobili yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Soat 17:30 larda haydovchi B.A. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan va yong‘in bartaraf etilgan.

“Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi saloni va texnik qismlari yonib ketgan. Yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Nukusda traktor va Nexia to‘qnashuvi oqibatida avtomobil yonib ketdi, 2 kishi halok bo‘ldi

Avvalroq Toshkent shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birining oldidagi avtoturargohda qoldirilgan BMW X5 va Mercedes GLC avtomobillari yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq ushbu avtomobillar qasddan yoqib yuborilgani ma’lum bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют