» » Eron jahon hamjamiyatidan AQShni Tehronga qarshi sanksiyalarini bekor qilishga chaqirishni so‘ramoqda

Eron jahon hamjamiyatidan AQShni Tehronga qarshi sanksiyalarini bekor qilishga chaqirishni so‘ramoqda


Eron jahon hamjamiyatidan Tehronning koronavirusga qarshi kurashishiga xalaqit berayotgan AQSh sanksiyalarini bekor qilishda yordam so‘ramoqda. Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“AQShning noqonuniy va g‘ayriinsoniy sanksiyalari koronavirus tarqalishining oldini olishga xalaqit berib, eronliklarning sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazmoqda”, — deyiladi hujjatda.

“Boshqacha qilib aytganda, AQSh o‘z yurtida virus tarqalishining oldini olishga harakat qilayotgan bir vaqtda, pandemiya bilan kurashayotgan ayrim jabrlangan davlatlarning professional imkoniyatlariga putur yetkazmoqda”, — deyiladi xabarda.

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu vaziyat “AQShning Eron va boshqa ayrim mamlakatlarga nisbatan noqoquniy sanksiyalari davom etayotgani bois” yuzaga kelgan. Ta’kidlanishicha, endilikda AQSh sanksiyalari mamlakatlarning nafaqat savdo va iqtisodiy manfaatlariga, balki fuqarolarining hayotiga ham xavf turg‘dirmoqda.

Mavzuga doir: Eronda koronavirusni aniqlaydigan dastur yaratildi. U millionlab odamlarning harakatini nazorat qilmoqda

Avvalroq Eron koronavirus tufayli Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 5 milliard dollar miqdoridagi yordam so‘ragan edi. COVID-19 koronavirusi tarqalishi oqibatida mamlakatda 70 mingga yaqin mahbus ozodlikka chiqarilgan.

AQSh va Eron o‘rtasida munosabatlar yanvar oyining boshida AQSh tomonidan berilgan aviazarbalar oqibatida Eronning yuqori jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lgan maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy halok bo‘lganidan so‘ng keskinlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют