» » MDH havo mudofaasi bo‘yicha jangovar navbatchilik jarayonini takomillashtirish taklif etildi

MDH havo mudofaasi bo‘yicha jangovar navbatchilik jarayonini takomillashtirish taklif etildi


MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo mudofaasi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash Hamdo‘stlik mamlakatlari havo mudofaasi bo‘yicha jangovar navbatchilik jarayonini takomillashtirishni taklif qildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Havo-kosmik kuchlari bosh qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari general-leytenant Pavel Kurachenko jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“MDH Havo mudofaasi birlashgan tizimi kuchlari va vositalari tomonidan jangovar navbatchilikni o‘tashdagi hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqdik”, — dedi u.

General tegishli tavsiyalar 2016-yilning oktabrida o‘tkazilgan MDHga a’zo mamlakatlar Havo mudofaasi birlashgan tizimlari navbatchi kuchlarining qo‘shma mashg‘ulotidan so‘ng ishlab chiqilganligiga aniqlik kiritdi. Takliflar qonunchilik bazasi bilan bir qatorda birlashgan tizim texnik ta’minotiga ham daxldor.

Kurachenko mashg‘ulotda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston ishtirok etganligini eslatib o‘tdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют