» » O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova vafot etdi


O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova 20-mart kuni 70 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi ma’lum qildi.

Oybarchin Bakirova 1950-yil 27-iyun kuni Andijonda O‘zbekiston xalq artisti Abbos Bakirov oilasida dunyoga kelgan. U oilasida ikki qiz va ikki o‘g‘ilning biri hisoblanadi.

Oybarchin Bakirova san’atkorlar oilasida katta bo‘lgani uchun ham yoshligidan aktrisa bo‘lishni niyat qilgan. U o‘rta maktabni tamomlagach Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohida tahsil olgan.

Aktrisa o‘z faoliyatini 1971-yilda “O‘zbekfilm” kinostudiyasida boshlagan. U “Tangalik bolalar”, “Armon”, “O‘yin” va “Farzandim” kabi o‘nlab filmlarda turli obrazlarni yaratgan.

“Oybarchin Bakirova tomoshabinlarga nafaqat kinoaktrisa, balki dublyaj sohasidagi faoliyati orqali ham juda yaxshi tanish. Aktrisa 100 dan ziyod kino va multfilm qahramonlariga ovoz bergan”, — deyiladi “O‘zbekkino” xabarida.

Oybarchin Bakirova 2000-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют