» » Qirg‘izistonda koronavirus aniqlangan yana bir tumanda favqulodda holat rejimi joriy etildi

Qirg‘izistonda koronavirus aniqlangan yana bir tumanda favqulodda holat rejimi joriy etildi


Qirg‘izistonda koronavirus aniqlangan O‘sh viloyatining Novqat tumanida 20-mart kuni favqulodda holat rejimi joriy etildi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lumotiga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Novqat tumanida favqulodda holat rejimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — deyiladi viloyati hokimligi xabarida.

18-mart kuni Qirg‘izistonning Suzoq tumanida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha uchta holat qayd etilgandi. Ular Umradan qaytgan Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan.

Avvalroq Qirg‘izistonda 16-martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari 3 haftaga karantinga yopilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Qirg‘iziston hukumati koronavirus qayd etilgan davlatlarga borgan xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ygan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют