» » Karantin vaqtida ortiqcha vazn to‘plamaslik uchun 7 tavsiya

Karantin vaqtida ortiqcha vazn to‘plamaslik uchun 7 tavsiya


Koronavirus munosabati bilan aksariyat kishilar uydan chiqmasligi yoki masofaviy ishlashiga to‘g‘ri kelmoqda. Ish, o‘qish yoki boshqa yumush bahona piyoda yurish yo‘?q, sport zallari yopiq, muzlatgich esa to‘lib-toshgan. Bunday vaziyatda vazn to‘plash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Biroq shuni unutmaslik kerakki, ortiqcha harakatsizlik va oz vaqt ichida tez vazn to‘plash qon aylanishining yomonlashishi, ovqat hazm qilish sistemasida o‘zgarishlar bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shularni inobatga olgan holda,  karantin vaqtida “o‘zini qo‘yib yubormaslik”? uchun nimalar qilinishi kerakligi haqida tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Tiniqib uxlang

Unutmang, tiniqib uxlash sog‘lik uchun muhim sanaladi. Siz uyda bo‘lsangiz, demak, sizda bunday imkon bor. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uyqu yetishmasligi ochlik hissini qayta-qayta tuyishga sabab bo‘ladi va siz aylanib borib muzlatgichga murojaat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Faqat tiniqib uxlash bilan kun bo‘yi uxlashni adashtirmang. Har narsani me’yori bo‘lgani yaxshi. Kuniga 6—7 soatdan kam ham, ko‘?p ham uxlamaslikka harakat qiling.

Nonushta qilishni unutmang

Nonushtani o‘zing qil, tushlikni do‘sting bilan bo‘lish, kechki ovqatni dushmaningga ber, degan gap bor va bu bejiz emas. Nonushta sizga kundalik energiya manbayi bo‘ladi, ertalab foydali mazali va to‘yimli nonushta iste’mol qilgan kishi kun bo‘yi lohas bo‘lmasdan ishlarini bilib-bilib bitiradi. Aksincha bo‘lsa, kun tartibi buzilib tushlikda ortiqcha ovqatlanish va hazm qilishga qiynalish mumkin. Nonushta uchun iloji boricha foydali taom iste’mol qilish xususan, omlet, tost, tvorog va mevalar yeyish tavsiya qilinadi. Aytgancha, ishtahangiz yaxshi bo‘lishi uchun erta tongdanoq, kechki ovqatni uyqudan 3—4 soat avval qilishni rejalashtiring.

Ko‘p suv iching

Qorningiz ochgandek tuyulaveradimi? Bunday vaqtda bir stakan suv ichib ko‘ring, chunki, chanqoq ochlik hissidek tuyulishi mumkin. Ayniqsa, sal avval ovqatlangan bo‘lsangiz bu aniq ochlik emas, chanqash. Ularni adashtirmasdan suv ichib ko‘ring, shunda ham bo‘lmasa, sabzavot yoki mevalar iste’mol qiling.

Uyingizni tartibga keltiring

Ishonchimiz komilki, sport bilan shug‘ullanishga har-doim ham vaqt topavermaysiz, qolaversa uy sharoitida sport bilan shug‘?ullanish ayniqsa mushkul masala. Bunday vaziyatda uyingizni yig‘ishtirish eng alternativ variant. Bir vaqtda ikki quyonni urasiz: uyingiz ozoda bo‘ladi, siz esa ortiqcha harakatsizlikdan chalg‘iysiz.

Ovqat orasida tamaddi qilmang

Nonushta, tushlik va kechki ovqatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tamaddi qilishni maslahat bermaymiz. Uning o‘rniga ko‘proq suyuqlik — suv, sharbat, kompot ichish kerak.

Zararli ovqat xarid qilmang

Konfet, chips, shokoladlar qolmadimi uyda? Do‘konga borishga shoshilmang, bu sizning qomatingiz buzilmasligi uchun yaxshi imkoniyat. Shirinlik xarid qilishga ko‘p vaqt ketmaydi, ammo shirinlik oqibatini yo‘?qotish uchun haftalar, hatto oylar ketishi mumkin.

Kompyuter qarshisida ovqatlanmang

Uydan turib ishlash vaqtni to‘g‘ri taqsimlanishini, chalg‘imaslik va tashkilotchilkni talab qilishini juda yaxshi anglagan holda, kompyuter qarshisida taom iste’mol qilmaslikni tavsiya qilamiz. Ovqatlanish vaqtida xayol va diqqat taomda emas, boshqa narsada bo‘lsa odam nima yeganini bilmay, keragidan ortiqcha iste’mol qilishi, to‘yganini his qilmasligi, buning oqibatida esa ortiqcha kaloriya to‘plashi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют