» » Qozog‘istonlik vagon kuzatuvchisi poyezdda unutib qoldirilgan 2 mln tengeni o‘z egasiga qaytardi

Qozog‘istonlik vagon kuzatuvchisi poyezdda unutib qoldirilgan 2 mln tengeni o‘z egasiga qaytardi


Ostona — Aqto‘be yo‘nalishidagi tezyurar poyezd manzilga yetib kelgach, 16-vagon kuzatuvchisi Erjan Ardenov kupedagi matras ostida unutib qoldirilgan va ichida ikki million tenge, bank plastik kartasi hamda boshqa narsalar bo‘lgan qo‘l sumkasini topib olgan. Shundan so‘ng poyezd boshlig‘i bilan birgalikda dalolatnoma tuzilgan va qo‘l sumkasi ichidagi ashyolar bilan to‘laligicha o‘z egasiga qaytarilgan. Bu haqda Kazakhstan Today xabar berdi.

Temir yo‘l kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar odatda poyezdda nafaqat pul va hujjatlarni, balki  boshqa qimmatbaho buyumlar, mobil telefonlar, noutbuklar, soatlar va boshqa narsalarni unutib qoldiradi. Joriy yilning boshidan buyon hududiy filiallardagi vagon kuzatuvchilari qimmatbaho buyumlar va hujjatlarni egalariga qaytarilganligi yuzasidan 18 ta holatni ro‘yxatga olgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют