» » UzAuto Motors koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli avtomobilni uydan chiqmasdan sotib olishni tavsiya qildi

UzAuto Motors koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli avtomobilni uydan chiqmasdan sotib olishni tavsiya qildi


Koronavirus bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyat sababli UzAuto Motors kompaniyasi xaridni mobil imkoniyatlardan foydalangan holda, uydan chiqmasdan xaridni amalga oshirishni tavsiya qildi.

Qayd etilishicha, bunday xaridni Uzavtosavdo ilovasi orqali amalga oshirish imkoni mavjud, 23-martdan @uzautosanoat_bot Telegram botida avtomobil uchun shartnoma tuzish yangi opsiyasi ham qo‘shiladi.

Bundan tashqari, mamlakatda epidemiologik vaziyat yaxshilanguniga qadar kompaniya shartoma bo‘yicha to‘lov amalga oshirish muddatini 7 dan 21 kungacha uzaytirganini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, kompaniyaning barcha dilerlik markazlari doimiy shtat rejimida faoliyat yuritayotgani, ularda xavfsizlik ehtiyot choralari ko‘rilayotgani aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 9-mart kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxini model va modifikatsiyasiga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi. Narxlarning bu qadar keskin oshishi xalq orasida keskin noroziliklarni keltirib chiqarmoqda.

Hatto Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi UzAutoMotors’ning avtomashinalar narxini oshirganini keskin qoralab chiqdi. Shavkat Mirziyoyev ham avtomobillar narxi oshirilganini tanqid qilgandi. Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi esa UzAuto Motors AJ yengil avtomobillar narxlarini oshirgani yuzasidan bayonot berish bilan cheklangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют