» » BMT bosh kotibi O‘zbekistonda 50 mingga yaqin shaxsga fuqarolik berilishini olqishlab, tabrikladi

BMT bosh kotibi O‘zbekistonda 50 mingga yaqin shaxsga fuqarolik berilishini olqishlab, tabrikladi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekistonda 50 mingga yaqin shaxslarga fuqarolik berilishiga oid qonunning imzolanganini qo‘llab-quvvatlagan va bu bilan O‘zbekistonni tabrikladi.

“O‘zbekiston fuqaroligi yo‘q shaxslarga fuqarolik berish orqali aholining ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan va himoyaga muhtoj qismining turmushini yaxshilash tomon katta qadam qo‘ydi”, — deyiladi BMT bayonotida.

Guterrish ushbu qonunni dunyo miqyosida 2024-yilgacha fuqarosizlikka to‘liq barham berish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlarga O‘zbekiston tomonidan qo‘shilgan ulkan hissa deb baholadi.

“Shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha o‘n yillik harakatlarga o‘tish arafasida turgan bir paytda ushbu voqea O‘zbekiston hech kimdan ortda qolmasligining qat’iy isboti bo‘ldi, deyishimiz mumkin”, — deya yakunlangan BMT saytida e’lon qilingan bayonot.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvar kuni parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish borasida muhim qadam qo‘yish va mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelgan, biroq O‘zbekiston fuqarosi maqomini olmagan insonlar muammosini qonunga muvofiq hal etish yuzasidan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini qayd etgandi.

Fevral oyining oxirida esa Oliy Majlis Senati yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunini ma’qullagan edi. 13-mart kuni esa Prezident O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni imzoladi.

Qonunga muvofiq 1995-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda mazkur qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют