» » O‘zbekiston sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli koronavirus tufayli vaqtincha to‘xtatiladi

O‘zbekiston sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli koronavirus tufayli vaqtincha to‘xtatiladi


Oliy sud rayosati tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sayyor sud majlislari to‘xtatib turiladi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmatiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

“2020-yil 20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda ‘O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida’gi Rayosat qarori qabul qilindi.

Hujjatda mamlakatimiz sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sayyor sud majlislari to‘xtatib turilishi, fuqarolarga hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborish tavsiya etilishi nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq, sudlar tomonidan faqat kechiktirib bo‘lmaydigan toifadagi ishlar ko‘rilishi belgilandi.

Shuningdek, qarorda barcha sudlar ishlarni texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda videokonferensaloqa rejimida ko‘rilishini tashkil etishi, sud majlisi ishtirokchilari bo‘lmagan shaxslarning sud binolariga kirishi qat’iyan man etilishi ko‘zda tutilgan”, — deyiladi Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumatining koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar haqidagi tavsiyalaridan kelib chiqib, mamlakat miqyosida ommaviy ko‘ngilochar tomoshalar, bayram tadbirlari, shuningdek, Navro‘z tantanalari va u bilan bog‘liq boshqa ommaviy marosimlar ham bekor qilingan.

Mavzuga doir: “Menga ta’sir qilmaydi, menga tegishli emas ekan, deganlar xato qiladi”. Prezident koronavirusga qarshi ogohlikka chaqirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют