» » O‘zbekistonda 21-martdan choyxona va oshxonalar yopiladi, 23-martdan to‘ylarning o‘tkazilishi bekor qilinadi

O‘zbekistonda 21-martdan choyxona va oshxonalar yopiladi, 23-martdan to‘ylarning o‘tkazilishi bekor qilinadi


O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Telegramdagi @koronavirusinfouz rasmiy kanali.

Xabar berishlaricha, O‘zbekistonda bemorlar yoki kasallikka shubha qilingan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va mamlakat bo‘ylab kasallikni tarqalishini oldini olish maqsadida, shuningdek majlisda ko‘rilgan boshqa masalalar yuzasidan maxsus komissiyasi yig‘ilishining qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, 21-martdan e’tiboran barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan mavjud ko‘ngilochar obyektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlari, choyxona, oshxona (uyga eltib berish xizmati bundan mustasno) karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlari koronavirus kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to‘xtatiladi.

Shuningdek, 23-martdan boshlab “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolarini sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida, to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilinadi. Ushbu marosimlarni zarur bo‘lgan taqdirdagina, ixcham holda, yaqinlar bilan birga 10—15 kishi ishtirokida o‘tkazish tavsiya etiladi.

“Majlisda ayni paytda chet ellarda bo‘lib turgan fuqarolarni mamlakatimizga qisqa vaqtlar ichida olib kelish va ularni belgilangan tartibda 14 kun karantinda saqlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar atroflicha muhokama qilindi”, — deyiladi e’lon qilingan axborotda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan fuqarolar soni 20-mart kuni 33 nafarga yetgani ma’lum bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallangan shaxslarning 90 foizi koronavirus aniqlangan o‘zbekistonlik birinchi va ikkinchi bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют