» » Xitoyda karantindan keyin birinchi kinoteatr ish boshladi. Ammo hech kim kelmadi

Xitoyda karantindan keyin birinchi kinoteatr ish boshladi. Ammo hech kim kelmadi


Urumchi okrugida 16-mart, dushanba kuni, “Oltin palma” kinoteatri ochildi. Bu koronavirus pandemiyasi sabab uzoq davom etgan karantindan so‘ng Xitoyda qayta ochilgan ilk kinoteatr hisoblanadi, deya xabar qiladi “KinoPoisk”.

Jadvaldan 22 ta seans o‘rin olganiga qaramay, “Oltin palma” ochilgan kuni birorta ham tomoshabin kelmagan.

Variety nashrining yozishicha, tomoshabinlarni “filmni farzandlari bilan tomosha qilishga kelgan ota-onalar uchun bepul” degan aksiya ham jalb eta olmagan. 16-mart kungi repertuardan vatanparvarlik filmlari, kriminal triller va bir necha o‘nlab multfilmlar o‘rin olgan.

“Oltin palma”ning ochilishiga Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida koronavirus bilan kasallanganlar sonining kamaygani sabab bo‘lgan. 15-mart holatida ko‘ra, hududda COVID-19 virusini yuqtirib olish bo‘yicha birorta holat aniqlanmagan. Kinoteatr vakillarining ta’kidlashicha, “Oltin palma” o‘z faoliyatini test rejimida davom ettiradi, xodimlar esa tashrif buyuruvchilarning fikrlariga quloq tutadi.

Hozirda “Oltin palma”da qat’iy qoidalar joriy etilgan. Kinoteatrda uch kishi ishlamoqda, ular binoni muntazam dezinfeksiya qiladi. Chiptalarni faqat kassadan sotib olish mumkin. Bundan tashqari kinoteatrga kirishdan oldin tashrif buyuruvchilarning tana harorati o‘lchanadi va ular niqobda bo‘lishi shart.

Mavzuga doir: Xorijda odamlar karantin tartibini buzmasligi uchun onlayn-kinoteatrlar, ko‘ngilochar portallar bepul ishlamoqda

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston telekanallari birgalikda koronavirus profilaktikasi kunlarida “Uy kinoteatri” aksiyasini amalga oshirmoqda. Aksiya davomida “O‘zbekkino” 30 ta yangi filmni telekanallarda bepul namoyish etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют