» » Shavkat Mirziyoyev sudyalarning lavozimda bo‘lib turish muddatlari haqidagi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev sudyalarning lavozimda bo‘lib turish muddatlari haqidagi qonunni imzoladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ‘Sudlar to‘g‘risida’gi qonuni, Fuqarolik-protsessual va Xo‘jalik-protsessual kodekslariga o‘zgatirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Uzdaily xabar bermoqda. 

Qonunda sudyalarning lavozimlarida dastlab 5 yil, navbatdagi 10 yil va kelgusidagi muddatsiz bo‘lib turishi, sudyalarning vakolat muddati ularning umumiy sudyalik stajidan kelib chiqib hisoblanishi, sud raislarining 5 yilga saylanishi (tayinlanishi), ushbu lavozimni bir sudda ikki muddatdan ortiq egallashning man etilishi tartiblari keltirib o‘tilgan. 

Oliy Sud sudyalari uchun lavozimda bo‘lib turishning oxirgi yosh muddati sifatida 70, boshqa sudlar uchun esa 65 yosh belgilandi. Mazkur muddat 5 yilga Oliy sud sudyalari uchun Prezident, boshqa sudyalarga esa Oliy sud kengashi tomonidan uzaytirilishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют