» » Toshkentda IIB xodimlari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish vaqtida 13 fohishani ushladi

Toshkentda IIB xodimlari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish vaqtida 13 fohishani ushladi


Toshkent shahar IIBB xodimlari 20-martga o‘tar kechasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan bir qator tadbirlarni o‘tkazdi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

“Spa-salonlar, tungi klublar, diskotekalarda o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar davomida ushbu muassasalarning rahbarlariga faoliyatni vaqtincha to‘xtatib turish maqsadga muvofiq tushuntirib berildi”, — deyiladi IIBB axborotida.

Qo‘shimcha qilishlaricha, ushbu tadbirlar davomida fohishalik bilan shug‘ullanishda gumon qilingan 13 nafar qiz aniqlangan.

“E’tiborli tomoni, ularning bir necha nafari muqaddam Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (fohishalik bilan shug‘ullanish) bo‘yicha javobgarlikka tortilgan”, — deya ta’kidlanadi rasmiy axborotda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi 19-mart kuni mamlakatda massaj salonlari, diskotekalar, diskobarlar, bolalar o‘yin zallari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda massaj salonlari, diskotekalar, bolalar o‘yin zallari faoliyati to‘xtatildi

Ushbu yangilik yuzasidan bayonot berarkan, Davlat soliq qo‘mitasi “tadbirkorlik subyektlaridan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh bo‘lishni” so‘ragan, aholiga “karantin davrida bunday muassasalarga tashrif buyurmaslikni” tavsiya qilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 20-mart soat 20:00 holati bo‘yicha 33 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют