» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 37 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 37 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 37 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanganlar haqida, xususan, ular kasallikni qanday qilib, kimdan yuqtirgani, aynan qaysi tashuvchi bilan muloqotda bo‘lganiga doir axborot, shuningdek, ularning joriy ahvoli haqida hozircha ma’lum qilingani yo‘q.

20-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 33 nafarga yetgan edi — kasallanganlar soni bir sutkada 10 kishiga ko‘paygandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ularning to‘qqiz nafari kasalligi avval aniqlangan shaxslarning qarindoshlari, yana biri esa yaqinda xorijdan kelgan fuqaro ekanini ma’lum qilgan, biroq aynan kimlarning qarindoshi ekaniga, xorijdan kelgan fuqaro aynan qayerdan, qachon, necha nafar yo‘lovchi bilan birga kelganiga aniqlik kiritmagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют