» » “Hozir parlament a’zolaridan faollik, mas’uliyat talab qilinadi”. Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash haqida

“Hozir parlament a’zolaridan faollik, mas’uliyat talab qilinadi”. Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash haqida


O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva 20-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi deputatlari va Senati a’zolari ishtirokidagi yig‘ilishda nutq so‘zlab, pandemiya nafaqat sog‘liqni saqlash tizimining muammosi, balki mehnat, iqtisodiyot sohalariga katta ta’sir ko‘rsatayotgan dolzarb masalaga aylanganini qayd etdi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabar bergan.

“Davlatimiz o‘z taraqqiyoti yo‘lida jadal rivojlanayotgan bir paytda pandemiya tabiiy holatda O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Biz, parlament a’zolari, xalqimiz har daqiqada ushbu kasallikning kechishi to‘g‘risida, umuman olganda, uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, odamlarning kayfiyatiga qanday ta’sir etayotganini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib turibmiz. Bugungi kunda dunyoda pandemiya nafaqat sog‘liqni saqlash tizimining muammosi, balki mehnat, iqtisodiyot sohalariga katta ta’sir ko‘rsatayotgan dolzarb masalaga aylandi. Shu bois, Prezidentimiz ikki kun davomida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazib, xalqimizga murojaat qildilar. Bu kasallik tarqalishining oldini olish borasida barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilishi, dori-darmon hamda oziq-ovqat mahsulotlari borasida yetarlicha zaxira mavjudligi, eng asosiysi, sarosima va vahimaga tushishga asos yo‘qligini ta’kidladilar.

Yana bir jihat, davlatimiz rahbari bu borada muhim Farmonni qabul qildilar. Maxsus Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilgani fuqarolarimizning sog‘lig‘i va mehnat huquqlarini muhofaza qilish bilan birgalikda tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shu orqali ish joylarini tashkil qilish, odamlarimizning daromadlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlarimiz to‘xtab qolmasligiga sabab bo‘ladi. Bunday vaziyatda, albatta, biz, parlament a’zolaridan faollik, mas’uliyat talab qilinadi.

So‘nggi uch yilda ko‘plab islohotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, yillar mobaynida barcha sohalar, xususan, ijtimoiy sohalarda muammolar yetarlicha to‘planib qolganligiga guvoh bo‘lyapmiz. Ayniqsa, sanitariya-epidemiologiya xizmati to‘g‘risida nafaqat qonunchilikni takomillashtirish, balki hukumatimiz tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak. Bunga davlat rahbari ham urg‘u berib, ushbu tizim yillar davomida e’tibordan chetda qolganligi, kadrlar salohiyati yetarli darajada emasligi, moddiy-texnika bazasi o‘z holiga tashlab qo‘yilganligini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan, hozirda nafaqat sanitariya-epidemiologiya xizmati, balki sog‘liqni saqlash tizimini tubdan qayta isloh qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. Kecha Prezidentimiz videoselektorda alohida qayd etdilarki, shu qisqa vaqt ichida poytaxtimizda uchta shifoxona qurilib, foydalanishga topshiriladi. Albatta, bu muassasalar karantinga qabul qilish uchun qilinayotgan bo‘lsa-da, keyinchalik boshqa tibbiy maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin.

Biz, parlament a’zolari, eng avvalo, sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni tudban qayta ko‘rib chiqishimiz zarur. Bunda asosiy e’tiborni kadrlar salohiyatini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq.

Prezidentimiz ushbu soha mutaxassislarining oyligiga qo‘shimcha haq to‘lab berilishi, qo‘llab-quvvatlanishini ham qayd etdilar. Chunki tibbiyot xodimlari nafaqat karantinga olinganlarga yordam beryapti, balki o‘z hayotini xavf ostiga solib, o‘z ishini sidqidildan bajarmoqda. Shu o‘rinda sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislariga minnatdorlik bildiramiz.

Senator va deputatlar vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan birgalikda har birimiz qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning o‘z vaqtida samarali tatbiq etilishini ham nazorat qilishimiz, ham hukumatga, mahalliy hokimiyatga yordam berishimiz kerak.

Shu kunlarda xalqimizga xos bo‘lgan og‘ir-vazminlik, birning muammosini el muammosi deb qabul qilish, sinovli kunlarda birlashish, o‘zimizning azaliy o‘zbek xalqlariga xos bo‘lgan qadriyatlarni namoyon etishimiz kerak bo‘ladi. O‘ylaymanki, xalqimiz bilan birgalikda izchil harakatlarni amalga oshirib, shu sinovni ham yengamiz”, – deya ta’kidlagan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva.

Mavzuga doir: 

Avval O‘zbekistonda 21-martdan choyxona va oshxonalar yopilishi, 23-martdan to‘ylarning o‘tkazilishi bekor qilinishi, koronavirusga chalingan ilk bemorlar sog‘aya boshlagani hamda Musulmonlari idorasi koronavirus daf bo‘lishi uchun tavsiya qilingan duolar va amallarni e’lon qilgani haqida xabarlar berilgandi.

O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 20-mart holatiga ko‘ra 33 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют