» » Latviya armiyasi koronavirus qarshi kurashda ko‘makka tayyorligini bildirdi

Latviya armiyasi koronavirus qarshi kurashda ko‘makka tayyorligini bildirdi


Latviya Milliy qurolli kuchlari koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha birinchi chaqiriq bo‘lishi bilan Ichki ishlar hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklariga yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Artis Pabriks o‘zining Facebook’dagi sahifasi yozib qoldirgan.

Latviyada favqulodda holat rejimi e’lon qilingan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallangan 111 kishi qayd etilgan.

“Hozir barcha davlat tashkilot va muassasalari yagona organizm bo‘lib ishlashi kerak va qurolli kuchlarimiz bunga tayyor. Milliy qurolli kuchlar birinchi chaqiriq bo‘lishi bilan sog‘liqni saqlash va ichki ishlar sohasiga COVID-19’ning tarqalishini oldini olish bo‘yicha ko‘maklashishga tayyor”, — deb yozadi vazir.

Avvalroq karantin sabab Qozog‘istonning Olmaota shahriga harbiy texnika kiritilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Namanganga Latviya va Erondan uchib kelgan yo‘lovchilar 14 kunlik karantin uchun sanatoriy va shifoxonaga joylashtirildi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 37 kishiga yetgan. Bog‘cha, maktab, oliy ta’lim muassasalari yopilgan, massaj salonlari, diskotekalar, diskobarlar, bolalar o‘yin zallari 19-martdan, choyxona, oshxona, karaoke, chilim markazlari faoliyati esa 21-martdan boshlab vaqtincha to‘xtatilgan,



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют