» » Almatov: Mobil telefonlarning koronavirus bilan ifloslanish ehtimoli yuqori, kasallik qurilma orqali yuqishi mumkin

Almatov: Mobil telefonlarning koronavirus bilan ifloslanish ehtimoli yuqori, kasallik qurilma orqali yuqishi mumkin


Ifloslangan mobil telefon orqali koronavirus infeksiyasi yuqishi mumkin. Bu haqda O‘zbekistonning davlat bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov 21-mart kuni tashkil etilgan brifingda ma’lum qildi.

“Koronavirus mobil telefonlar orqali yuqadimi, degan savol kelib tushyapti. Bugungi kunda eng ko‘p ishlatadigan buyumlarimizdan biri — bu mobil telefon. Mobil telefonni toza qo‘l bilan ham ushlaymiz, ehtiyojga qarab, qo‘limiz boshqa predmetni ushlash yoki ish-yumush qilish jarayonida ifloslangan bo‘lsa, unda ham mobil telefondan foydalanishga to‘g‘ri kelishi mumkin”, — dedi davlat bosh sanitariya vrachi.

“Mobil telefonlarni har xil bakteriyalar bilan, viruslar bilan, jumladan, koronavirus bilan ifloslanish ehtimoli yuqori. Shuning uchun undan foydalanganda, boshqa odamga beradigan bo‘lsak, albatta, yuqib qolish ehtimoli bor. Kasallik mobil aloqadan bevosita foydalanish vaqtida, to‘lqinlar orqali yuqmaydi. Buni to‘g‘ri tushunib olish kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Bahrom Almatov.

Avvalroq mamlakatning bosh davlat sanitariya vrachi Bahrom Almatov O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemorlar sog‘ayayotgani, koronavirusga chalingan bemorlarning 90 foizi birinchi va ikkinchi kasallangan bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar ekanini ma’lum qilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 37 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют