» » Qirg‘izistonda yana 6 kishida koronavirus aniqlandi

Qirg‘izistonda yana 6 kishida koronavirus aniqlandi


Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana olti kishi qayd etildi. Bu haqda respublikaning koronavirusga qarshi kurashish shtabiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallangan 6 kishi qayd etildi. Ularning 1 nafari Botken, 5 nafari Suzoq tumanidan, jami kasallar soni 12 kishiga yetdi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlashicha, barcha bemorlar izolyatsiyalangan, ular shifokorlar nazorati ostida tegishli muolajalarni olmoqda.

18-mart kuni Qirg‘izistonning Suzoq tumanida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha uchta holat qayd etilgandi. Ular Umradan qaytgan Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan.

Mavzuga doir:

Qirg‘izistonda 16-martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari 3 haftaga karantinga yopilgan. Shuningdek, Qirg‘iziston hukumati koronavirus qayd etilgan davlatlarga borgan xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют