» » O‘zbekiston huquq-tartibot xodimlari odamlarni uyda qolishga chaqiruvchi chellenjga qo‘shildi (foto)

O‘zbekiston huquq-tartibot xodimlari odamlarni uyda qolishga chaqiruvchi chellenjga qo‘shildi (foto)


O‘zbekiston huquq-tartibot organlari ham koronavirus pandemiyasi vaqtida fuqarolarni uyda o‘tirishga chaqiruvchi chellenjga qo‘shildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

“Shu kunlarda ko‘chalarda, jamoat joylarida, poytaxt yo‘llarida, shuningdek karantin e’lon qilingan davolanish muassasalari yaqinida huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bilan mashg‘ul bo‘lgan Toshkent shahar IIBB xodimlari hamshaharlar va poytaxt mehmonlarini shifokorlar tavsiyalariga amal qilishga, sanitariya va shaxsiy gigiyena choralariga rioya qilishga, imkon qadar uyda qolishga chaqirmoqda”, — deyiladi xabarda.

IIV va Milliy gvardiya xodimlari “Biz sizning xavfsizligingiz uchun xizmatdamiz. Siz biz uchun uyda bo‘ling!” chaqiruvi tushirilgan varaqlar bilan tushgan suratlarini tarmoqlarga joylamoqda.

Avvalroq shifkorlar fuqarolarni karantin vaqti iloji boricha ko‘chaga chiqmaslikka, sanitariya va shaxsiy gigyena qoidalarida rioya qilishga chaqirgan edi.

Mavzuga doir: Virusologiya ilmiy tekshirish institutida COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashayotgan o‘zbek shifokorlari (foto)

2020-yil 20-mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetgan. O‘zbekistonda 21-martdan choyxona va oshxonalar yopildi va 23-martdan to‘ylarning o‘tkazilishi bekor qilinadi. Koronavirus sabab xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish 40 kunga to‘xtatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют