» » “AQSh O‘zbekiston xalqining o‘zgarmas sherigi bo‘lib qoladi”. Donald Tramp Navro‘z munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

“AQSh O‘zbekiston xalqining o‘zgarmas sherigi bo‘lib qoladi”. Donald Tramp Navro‘z munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi


O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar dasturining ro‘yobga chiqayotgani AQSh prezidenti Donald Trampga mamnuniyat bag‘ishlamoqda. Amerika rahbari bu haqda Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yo‘llagan tabriknomasida ta’kidlab o‘tgan.

“Navro‘z Siz va O‘zbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilayman. Navro‘z tinchlik va yangilanish ramzi bo‘lmish o‘ziga xos bayramdir. Ushbu ayyom ayniqsa joriy yilda katta ahamiyatga ega, chunki mamlakatlarimiz Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda”, — deyiladi AQSh prezidentining tabrik xatida.

“Siz amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlar dasturi ro‘yobga chiqayotganini ko‘rish menga mamnuniyat bag‘ishlaydi. Yanada yuksak ravnaq sari shu yo‘ldan harakat qilar ekansiz, Qo‘shma Shtatlar Siz va O‘zbekiston xalqining qat’iy va o‘zgarmas sherigi bo‘lib qoladi. Navro‘z muborak!”, — deya qo‘shimcha qilgan prezident Donald Tramp.

Mavzuga doir: “Yaratganning o‘zi hammamizni panohida asrasin!”. Prezident Mirziyoyevning Navro‘z tabriknomasi

Prezident matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Navro‘z bayrami munosabati bilan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Falastin prezidenti Mahmud Abbos, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaliz, Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad ibn Salmon, BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumdan ham Prezident Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют