» » Yanvar—fevral oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,9 mlrd dollarni tashkil etdi

Yanvar—fevral oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,9 mlrd dollarni tashkil etdi


Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yil yanvar—fevral oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi (TSA) haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 2,6 milliard dollarga (4,2 foizga kamaydi) va import hajmi 3,2 millard dollarga (2,2 foizga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida — 657,5 million AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

O‘zbekiston, jahonning 145 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda (16,6 foiz), Rossiya (16,1 foiz), Qozog‘iston (7,0 foiz), Janubiy Koreya (6,3 foiz), Turkiya (5,3 foiz), Germaniya (1,8 foiz) va Qirg‘izistonda (1,7 foiz) qayd etilgan.

Qo‘shni davlatlar Qozog‘iston va Qirg‘iz bilan tashqi savdo aylanmasida so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. So‘nggi uch yilda Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan tashqi savdo aylanmasi oshgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (99,4 million dollar), Qirg‘iziston (60,4 million dollar) Tojikiston (49,6 million dollar) va Eron (16,8 million dollar) shular jumlasidan. Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

Yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2,9 mlrd dollarni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Tojikiston O‘zbekiston bilan tovar aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rtasidagi tafovutga izoh berdi

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 33,8 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yil yanvar-noyabrda 38,2 milliard dollardan oshgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют