» » “Halol molimizni haromga aylantirmaylik”. Rahmatulloh qori karantin sabab bozorlarda narx-navoning sun’iy oshirilayotgani haqida (video)

“Halol molimizni haromga aylantirmaylik”. Rahmatulloh qori karantin sabab bozorlarda narx-navoning sun’iy oshirilayotgani haqida (video)


Toshkent shahridagi Mirza Yusuf jome masjidi imom-xotibi Rahmatulloh qori Sayfuddinov bozorlarda narx-navoning sun’iy oshirilishi harom amal ekanligini ma’lum qildi.

“Bugun xalqning boshiga kelgan bu og‘ir sinovli kunlardan foydalanib qolib, narxni oshirib foyda ko‘raman deyish — molni botil yo‘l bilan yeyishga kirmay nimaga kirsin?!.

Ehtikorni shariatimiz harom qilgan. Ehtikor — narxni sun’iy oshirish degani. Narxni sun’iy oshirish kim jabr ko‘radi — xalq jabr ko‘radi. Ehtikorni dinimiz harom dedi. Qur’onda Fir’avnni Alloh taolo xato qildi, deb zikr qiladi. Ehtikor qilgan odam — xato qilgan odam, deydi Qur’on. Demak, xato qilish osonmas. Ehtikor xato va Fir’avnning amali bir maqomga qo‘yilyapti.

Bugun xalq shosha, hovliqishda oladi, albatta, deb molimizning keraksiz narx-navosini ko‘tarish bilan biz baraka topmaymiz. Halol molimizni haromga aylantirib qo‘yishimiz hech gap emas”, — deydi Rahmatulloh qori.

Mavzuga doir: 

Avval Davlat soliq qo‘mitasi vakili narxlarni ataylab oshirayotgan savdogarlar borligidan ogohlantirgani, O‘zbekistondagi tadbirkorlardan koronavirus karantini sharoitida narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olinayotgani, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning narxlarni asossiz oshirayotganlarga birovning tashvishi evaziga topilgan pul hech kimga buyurmasligini aytgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют