» » “Barselona” Setyenni ishdan bo‘shatmaydi. U kelasi mavsumda ham jamoa ustozi bo‘ladi

“Barselona” Setyenni ishdan bo‘shatmaydi. U kelasi mavsumda ham jamoa ustozi bo‘ladi


“Barselona” futbol klubi bosh murabbiyi Kike Setyen kelasi mavsum ham kataloniyaliklar jamoasida qoladi.

Diario Sport nashrining xabar qilishicha, mutaxassisning ishlash uslubi va jamoa falsafasiga mos tushgani “Barselona” rahbariyatiga ma’qul kelgan. Uning qo‘l ostida futbolchilar yanada yaxshiroq ishlashni boshladi. Bundan tashqari u jamoada o‘z o‘yin uslubini shakllantirmoqchi. “Barselona” bu qarorni Kikega yetkazgan.

Ayni damda jamoa kelasi mavsumga hozirlik ko‘rmoqda va Setyen muhokamalarda qatnashmoqda. U klubning rejalaridan xabardor va transfer masalalarida o‘z fikrlarini bildiryapti. Bundan tashqari, mutaxassis va “Barsa” sport direktori Erik Abidal o‘rtasida iliq munosabat yuzaga kelgan.

Setyenning eng katta yutuqlaridan biri “Barselona” jamoasi ichki muhitini yaxshilay olgani bo‘ldi. U futbolchilar bilan muntazam suhbatda bo‘lib turibdi.

Ayni damda “Barselona” La Liga musobaqa jadvalida “Real”ni ikki ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadam bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют