» » JSST koronavirus ustidan g‘alaba qozonish uchun alkogol va tamaki mahsulotlaridan voz kechishni masalahat berdi

JSST koronavirus ustidan g‘alaba qozonish uchun alkogol va tamaki mahsulotlaridan voz kechishni masalahat berdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilot bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmasdan, sport bilan shug‘ullanish kerakligini ta’kidladi. Gebreyesus bu haqda pandemiyaning dunyoga yoyilib borayotgani xususida o‘tkazilgan brifingda gapirgan.

JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra ushbu harakatlar koronavirus yuqtirib olgan kishilarning tezroq tuzalishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Mavzuga doir: Sog‘liqni saqlash vaziri spirt iste’mol qilish koronavirusdan saqlanishga yordam bermasligini aytdi

“Ushbu og‘ir damlarda jismoniy va ruhiy tana salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish juda muhim. Bu nafaqat uzoq yashashga, balki agar bemor COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgan bo‘lsa uni yengishda ham yordam beradi. Avvalo immun tizimini mustahkamlaydigan oqsillarga boy, baquvvat taomlar iste’mol qiling. Ikkinchidan alkogol iste’molini kamaytiring va shirin ichimliklardan ham uzoqlashing”, — degan Gebreyesus.

JSST rahbarining uchinchi muhim masalahati odamlarni chekishdan tiyilishga chaqirish bo‘ldi, uning aytishicha tamaki COVID-19 yuqtirib olgan odamda jiddiy kasalliklarni qo‘zg‘atishi mumkin.

“To‘rtinchidan kattalar kuniga loaqal 30 daqiqa, bolalar esa 1 soat davomida jismoniy mashqlar bajaring. Har kuni bir soat davomida sayr qiling va bunda boshqalarda masofa saqlang”, — deya maslahat bergan Gebreyesus.

Mavzuga doir: 

JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra virus bilan nafaqat yoshi keksaroq – 65 yosh va undan katta odamlar, balki undan ancha yosh qatlam ham kasallanmoqda. U yoshlarni o‘z harakatlarida mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi va ularni boshqalar hayotiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

Avval Sog‘liqni saqlash vaziri spirt iste’mol qilish koronavirusdan saqlanishga yordam bermasligini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют