» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish qonunga zidmi yoki yo‘q? Adliya vazirligi izohi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish qonunga zidmi yoki yo‘q? Adliya vazirligi izohi


Adliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan masala, ya’ni koronavirusga chalingan bemorlar haqidagi ma’lumotni oshkor qilish qonunga zid yoki zid emasligi borasida tushuntirish berdi.

Qonunlarimizga ko‘ra, har bir fuqaro shaxsiy daxlsizlik, o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqiga ega.

Shaxsga doir ma’lumot muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan axborotdir. Unga shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va joyi, manzili, abonent raqami, kasbi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar kiradi.

Shaxsga doir ma’lumotlar maxfiy hisoblanib, bunday ma’lumot shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagan holda oshkor qilinishga yoki tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shaxsga doir ma’lumotlarni keng doiradagi shaxslarga oshkor etish, ularni OAVlarda ma’lum qilish, Internetga joylashtirish yoki boshqa biror-bir usul bilan foydalanish imkonini berish ularni tarqatish hisoblanadi.

Ushbu ma’lumotlarni tarqatish ma’lumot taalluqli bo‘lgan shaxsning roziligi bilan amalga oshirilishi kerak. Ushbu ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda tarqatganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Shifokor siri – fuqaroning tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, uning sog‘lig‘ining holati, kasalligiga qo‘yilgan tashxis xususidagi hamda uni tekshirish va davolash davomida olingan boshqa ma'lumotlardan iborat bo‘ladi.

Shifokor sirini ham fuqaroning roziligisiz oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq qonunda istisno holatlar mavjud.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 37 nafarga yetdi

Masalan, yuqumli kasalliklar tarqalishi, yalpi zaharlanish va zararlanish xavfi tahdid solganida, shifokor siri hisoblangan ma’lumotlarni fuqaroning roziligisiz oshkor qilishga yo‘l qo‘yiladi.

Faqat ma’lumotni keng ommaga emas, balki bunday ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasigagina berilishiga alohida e’tibor qaratish lozim.

Dunyoning aksar mamlakatlarida shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor qilish shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi doirasida taqiqlangan yoki cheklovlar o‘rnatilgan.

Shifokor siri masalasida jahon amaliyotiga nazar tashlasak, AQShning ayrim shtatlarida og‘ir yuqumli kasalliklar aniqlanganda shifokor bemorga tegishli maxfiy axborotni oshkor qilishiga yo‘l qo‘yiladi.

Buyuk Britaniyada shifokor bemorning roziligisiz unga tegishli bo‘lgan maxfiy axborotni, agar ushbu axborot jamoat manfaatlariga ta’sir qilsa, oshkor qilishiga yo‘l qo‘yiladi. Biroq AQShda ham, Buyuk Britaniyada ham ushbu qaror yetarlicha asoslarga ega bo‘lmasa, bemor uni sudga berishga haqli.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shifokor tomonidan bemorning roziligisiz u haqidagi ma’lumotni faqat ma’lum shaxslar doirasiga oshkor qilish mumkin degan xulosaga kelish mumkin. O‘z navbatida bunday axborotning o‘zgaga berilishi u haqida ma’lumot oshkor qilinayotgan shaxsning huquqlari buzilishiga olib kelmasligi lozim.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют