» » Krishtianu Ronalduning onasiga shifoxonadan ruxsat berildi

Krishtianu Ronalduning onasiga shifoxonadan ruxsat berildi


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Mariya Doloresh dush Santush Aveyru kasalxonadan chiqdi, deya xabar qilmoqda Record.

Doloresh 3-mart kuni insultni boshdan kechirgan va Funshaldagi kasalxonaga tushib qolgandi. Keyinchalik uning holati yaxshilangan va Mariyani Madeyradagi shifoxonaga ko‘chirishgandi.

Ayni damda uning sog‘lig‘iga hech narsa xavf solmayapti va shifokorlar uyga ruxsat bergan.

Eslatib o‘tamiz, 2007-yilda Mariya Doloresh ko‘krak bezi saratoniga yo‘liqqan va uni yengib o‘tgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют