» » IIV koronavirus tufayli “dacha”larga bormaslikni so‘radi

IIV koronavirus tufayli “dacha”larga bormaslikni so‘radi


IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish, sanitariya-epidemiologik vaziyatning barqarorligini hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati va respublikaning boshqa hududlarida xususiy tartibda ijaraga berilayotgan dala-hovlilarga bormaslikni so‘radi.

Ta’kidlanishicha, dala-hovlilarning qisqa muddatlarga ijaraga berilishi, ularga turli hududlardan fuqarolarning tashrif buyurishi, aksariyat dala-hovlilarda dezinfeksiya tadbirlari talab darajasida olib borilmasligi va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilinmasligi kabi holatlar ushbu joylarda virusli infeksiyalar yuqishi va tarqalishining yuqori xavfini keltirib chiqaradi.

“Karantin vaqtida eng xavfsiz joy o‘zingiz yashab turgan uyingiz ekanligini unutmang”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq shifkorlar fuqarolarni karantin vaqti iloji boricha ko‘chaga chiqmaslikka, sanitariya va shaxsiy gigyena qoidalarida rioya qilishga chaqirgan edi.

21-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 41 nafarga yetgan. Shu kundan O‘zbekistonda choyxona va oshxonalar yopildi, 23-martdan boshlab esa to‘ylarning o‘tkazilishi bekor qilinadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют