» » BAAda koronavirusdan dastlabki o‘lim holati qayd etildi

BAAda koronavirusdan dastlabki o‘lim holati qayd etildi


Birlashgan Arab Amirliklari Sog‘liqni saqlash vazirligi 20-mart kuni kechasi koronavirusdan ikki kishi vafot etganini ma’lum qildi.

“RIA Novosti”ning yozishicha, ulardan biri mamlakatning 78 yoshli fuqarosi bo‘lib, u kasallikni Yevropadan yuqtirib kelgan. Vafot etgan bemorning ikkinchisi BAAda yashovchi Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan 58 yoshli fuqaro bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ushbu bemorlarda bir vaqtning o‘zida yurak va buyrak bilan bog‘liq boshqa kasalliklar ham bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, BAAda 140 kishi koronavirusga chalingan.

Avvalroq Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni bir kunda qariyb ikki baravar ko‘paygani, Italiyada koronavirusdan bir sutkada 627 kishi vafot etgani, Qirg‘izistonda yana 6 kishida koronavirus aniqlangani xabar berilgan edi. O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 41 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: Dunyo bo‘yicha bir sutkada 24 mingdan ortiq odam koronavirus yuqtirib oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют