» » Surxondaryoda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda Nexia urishi oqibatida vafot etdi

Surxondaryoda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda Nexia urishi oqibatida vafot etdi


Surxondaryoda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda Nexia urib ketishi oqibatida vafot etdi. Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 18-mart kuni Qumqo‘rg‘on tumanining “Elabod” mahallasida sodir bo‘lgan.

Fuqaro N.X. Nexia’sini Sho‘rchi—Qumqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha haydab ketayotganda, yo‘lni chapdan kesib o‘tayotgan piyoda N.P.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan 19-mart kuni tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

16-mart kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanida sodir bo‘lgan YTHda ham bir piyoda halok bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatida 10 kun ichida 2 ming 454 ta piyoda jarimaga tortildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют