» » Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat anomal: bemorlar ko‘p, o‘lim kam

Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat anomal: bemorlar ko‘p, o‘lim kam


Financial Times Germaniyada koronavirus borasida anomal holat kuzatilayotgani haqida yozdi. Gap shundaki, mamlakatda COVID-19 kasalligi tarqalishi darajasi yuqori, lekin o‘lim holati kamdir.

Nashrning qayd etishicha, koronavirus Germanigaga “bor kuchi bilan zarba berdi” va mamlakatda kasallanish holatlari ortib bormoqda. Dunyo bo‘ylab koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yig‘ayotgan Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 19-mart kuni mamlakatda kasallanganlar soni 13 979 kishini tashkil etgan. Bu Xitoy, Italiya va Ispaniydan boshqa barcha davlatlardagi holatlardan ko‘p.

Biroq mamlakatda shu vaqtgacha faqat 42 ta koronavirusdan o‘lim holati qayd etilgan. Taqqoslash uchun, qo‘shni Fransiyada 9 058 kishi kasallandi, 243 kishi vafot etdi, Ispaniyada esa 17 395 nafar kasallanganga 803 ta o‘lim holati to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, koronavirusdan o‘lim holati Germaniyaga nisbatan AQSh, Buyuk Britaniya va hatto Janubiy Koreyada ham yuqoriroq.

Mutaxassislarning fikricha, bunday anomal holat Germaniyada koronavirusning tarqalishi nisbatan erta bosqichda bo‘lgani va kasallanganlar boshqa mamlakatlardagiga qaraganda yoshroq ekanida. Juda ko‘p o‘tkazilgan tekshiruvlar ushbu anomaliyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yana bir omil sifatida ko‘rilmoqda.

Germaniya laboratoriyalarida har hafta qariyb 160 mingta tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bu Yevropaning istalgan boshqa davlatlari umumiy hisobda o‘tkazgan tekshiruvlardan ham ko‘p.

Avvalroq Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni bir kunda qariyb ikki baravar ko‘paygani, Italiyada koronavirusdan bir sutkada 627 kishi vafot etgani, Qirg‘izistonda yana 6 kishida koronavirus aniqlangani xabar berilgan edi. O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 37 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: Dunyo bo‘yicha bir sutkada 24 mingdan ortiq odam koronavirus yuqtirib oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют