Toshkentda 22-martdan avtobus, metro va “marshrutka”lar harakati to‘xtatiladi
21-mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida 22-martdan Toshkentdagi jamoat transporti harakati vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi.
Mazkur yig‘ilishning 8-sonli bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Toshkent shahar hokimining tegishli qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Unga ko‘ra:
Mutasaddilarga Toshkent shahrida jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan vaqtda yo‘nalishsiz taksilarda tashish bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan yo‘l haqlarini sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish topshirildi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
