» » O‘zbekistonda xorijiy fuqarolarning viza muddati 5-maygacha avtomatik tarzda uzaytiriladi

O‘zbekistonda xorijiy fuqarolarning viza muddati 5-maygacha avtomatik tarzda uzaytiriladi


O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarning viza muddati 5-maygacha avtomatik tarzda uzaytiriladi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha maxsus komissiya yig‘ilishida shunday qaror qabul qilingan. Avvalroq bu muddat 10-aprelgacha uzaytirilishi aytilgan edi.

Shuningdek, muayyan muddatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar fuqarolariga ham (belgilangan muddat buzilgan taqdirda) istisno tarzida mamlakat hududidan chiqib ketishiga 5-mayga qadar ruxsat beriladi. Yuqoridagi holatlarda xorijiy mamlakatlar fuqarolariga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmaydi hamda jarima undirilmaydi.

Transport vazirligi xorijiy fuqarolarning o‘z yoki uchinchi mamlakatga qaytishi uchun xarid qilingan Uzbekistan Airways aviachiptasi mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning qaytib ketishi uchun tegishli reyslarini qo‘shimcha mablag‘ undirmagan holda tashkil etadi.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xorijiy fuqarolarning Rossiya hududida vaqtincha bo‘lish muddatlarining uzaytirilgani yuzasidan izoh berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют