» » O‘zbekistonliklarning Daniya va Benilyuks davlatlarida bo‘lib turish muddati uzaytirildi

O‘zbekistonliklarning Daniya va Benilyuks davlatlarida bo‘lib turish muddati uzaytirildi


O‘zbekiston Daniya va Benilyuks davlatlari — Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg bilan fuqarolarning bo‘lib turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Shu sababli ushbu mamlakatlardagi O‘zbekiston fuqarolariga vizasining amal qilish muddati tugamasdan mahalliy migratsiya xizmati bo‘limlariga murojaat qilishlari qat’iy tavsiya qilinmoqda.

Qayd etilishicha, karantin chog‘ida elchixonada konsullik-huquqiy xizmatlarni ko‘rsatish masofadan turib (bevosita tashrif buyurmasdan) amalga oshiriladi.

Zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolari Bryussel shahridagi elchixona huzuridagi operativ shtabga murojaat qilishlari mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют