» » Apple onlayn-savdolarga cheklov o‘rnatdi. Endilikda iPhone’ni ikkitadan ortiq buyurtma qilib bo‘lmaydi

Apple onlayn-savdolarga cheklov o‘rnatdi. Endilikda iPhone’ni ikkitadan ortiq buyurtma qilib bo‘lmaydi


Apple kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab ayrim mahsulotlarining onlayn-savdosiga cheklov o‘rnatdi. Endilikda bir nafar xaridor kompaniya sayti orqali faqatgina ikki dona iPhone qurilmasini buyurtma qila oladi, deb xabar berdi TJournal.

Mazkur cheklov iPhone’ning nafaqat so‘nggi modellari, balki savdoda qolgan iPhone XR va iPhone 8’ga ham taalluqli. Kompaniya sayti ikkitadan ortiq qurilma buyurtma qilish imkoniyatini o‘chirib qo‘ygan.

Ammo iPhone va AirPods Pro’dan boshqa qurilmalarni istalgancha buyurtma qilish mumkin. Bu kabi qaror nima sababdan qabul qilingani hozircha noma’lum.

Avvalroq Apple bir vaqtning o‘zida ikkita hamyonbop iPhone taqdim etishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Apple iPad Pro’ni namoyish etdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют