» » AOKA sobiq birinchi o‘rinbosari Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi etib tayinlandi

AOKA sobiq birinchi o‘rinbosari Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi etib tayinlandi


O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining rahbari o‘zgardi. Ko‘p yillardan buyon TIV matbuot xizmatiga rahbarlik qilgan, 2019-yil kuzida rasman vazir matbuot kotibiga aylangan Adilbek Kaipbergenov o‘rniga Avazbek Hojimetov tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi ham lavozimga tayinlangan.

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hay’ati yig‘ilishida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i – matbuot kotibi etib tayinlangan Avazbek Hojimetov va Tashqi ishlar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan Rahmatulla Nazarov tanishtirildi”, — deyiladi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Avazbek Hojimetov ko‘p yillar davomida Tashqi ishlar vazirligida ishlagan, 2016-yil avgustida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga matbuot kotibi etib tayinlangan. Keyinroq prezident matbuot xizmati Axborot-tahlil ishlari bo‘yicha sektori mudiri sifatida ishlagan, 2019-yil martidan 2019-yil oktabriga qadar Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Rahmatulla Nazarov esa Tashqi ishlar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlanguniga qadar Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют