» » “Milan” afsonasi Paolo Maldini va uning o‘g‘li koronavirusga yo‘liqdi

“Milan” afsonasi Paolo Maldini va uning o‘g‘li koronavirusga yo‘liqdi


“Milan” sobiq himoyachisi, hozirda jamoa texnik direktori bo‘lib ishlayotgan Paolo Maldini va jamoa a’zosi bo‘lgan uning o‘g‘li Deniyelda koronavirus aniqlandi, deya xabar qilmoqda milanliklar matbuot xizmati.

Paolo avvalroq koronavirusga chalingan kishi bilan muloqotda bo‘lgan, shundan keyin unda kasallik alomatlari sezila boshlagan. Tahlillar Maldini va “Milan” yoshlar jamoasida to‘p suruvchi 18 yoshli Deniyelda COVID-19 virusi borligini ko‘rsatgan.

Paulo va Deniyel o‘zini yaxshi his qilmoqda. Har ikkisi ham o‘z uyida ikki haftalik karantinni o‘tashga ulgurgan. Shifokorlar kasallik to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qilgunga qadar ota-bola karantinda saqlanadi.

Avvalroq “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala koronavirusga chalingani xabar qilingandi.

Italiya ayni damda Yevropa mintaqasida koronavirus eng ko‘p tarqalgan mamlakat bo‘lib turibdi. Mamlakatda virus bilan kasallanganlar soni 54 mingga yetdi. Shulardan 6 ming nafari tuzalishga muvaffaq bo‘lgan, yana 5 mingga yaqin kishi vafot etgan. O‘lim holati 9 foizni tashkil qilmoqda va bu eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют