» » Neymar “Barselona”ga yozdayoq qaytishi mumkin. U PSJga bosim o‘tkazmoqchi

Neymar “Barselona”ga yozdayoq qaytishi mumkin. U PSJga bosim o‘tkazmoqchi


PSJ hujumchisi Neymar “Barselona” rahbariyatiga qaytishini ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda Sport.

Braziliyalik futbolchi kataloniyalik safiga qaytish uchun PSJ egalariga bosim o‘tkazmoqchi.

Ta’kidlanishicha, Neymar o‘z yuristlari va “Barselona” vakillari ko‘magida shartnomani hech qanday sababsiz, bir tomonlama bekor qilishgacha borishi mumkin. Yuristlarning hisob-kitobiga ko‘ra, PSJ bilan amaldagi shartnomani bekor qilish 180 million yevroga tushishi mumkin.

Avvalroq “Barselona” sardori Lionel Messi braziliyalik futbolchi jamoaga qaytarilgan taqdirdagina klubda qolishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Neymar 2017-yilning yozida 222 million yevro evaziga “Barselona”dan parijliklar safiga yo‘l olgandi. O‘tgan davr mobaynida braziliyalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safiga qaytishga bir necha bor urinib ko‘rdi, biroq ular samarasiz yakunlangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют