» » UFC tasdiqladi: Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang qoldirilmaydi

UFC tasdiqladi: Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang qoldirilmaydi


UFC promousheni 18-aprel kuniga belgilangan (Toshkent vaqti bilan 19-aprel) liganing yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang qoldirilmasligini rasman ma’lum qildi.

Jang rejaga ko‘ra, UFC 249 kechasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Biroq hozircha jangning qayerda bo‘lib o‘tishi aniq emas.

Nurmagomedov—Fergyuson jangi avvaliga Nyu-Yorkda o‘tishi belgilangandi. Biroq koronavirus sabab to‘qnashuv Las-Vegasga ko‘chirilgandi. Biroq u yerda ham rasmiylar pandemiya sabab har qanday katta tadbirlar o‘tishini taqiqladi.

Qayd etish joiz, UFC Habib va Toni o‘rtasidagi jangni o‘tkazishga beshinchi marta harakat qilmoqda.

Yana ko‘proq UFC yangiliklarini, janglar videosini Telegram’dagi UFCBOXUZ kanalida kuzatib boring!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют