» » Jamoat transportisiz Toshkent: soni ortgan velosiped haydovchilari, bo‘sh ko‘chalar va bekatlar — suratlarda

Jamoat transportisiz Toshkent: soni ortgan velosiped haydovchilari, bo‘sh ko‘chalar va bekatlar — suratlarda


Avval xabar berganimizdek bugun, 22-martdan, e’tiboran Toshkentdagi jamoat transporti harakati vaqtincha to‘xtatildi. O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida ma’lum qilingan edi.

Unga ko‘ra, mulkchilik shaklidan qat’i nazar tashuvchilar tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi yo‘nalishlar bo‘yicha barcha jamoat transporti: avtobus, metro va yo‘nalishli taksi harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Yo‘lovchilar gavjum yig‘iladigan maskanlar, metro bekatlarida bu haqda ma’lumotlar berilishi aytilgan.

Shuningdek, maxsus komissiyaning bugungi bayonotida fuqarolarning sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida zarur bo‘lmagan hollarda ayrim toifadagi aholining uyidan tashqariga chiqmasligi, chiqqan taqdir ham – shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo‘lishi tavsiya etilgan.

Hujjatda, xususan, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 23-martdan jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga “ogohlantirish” berilishi, 25-martdan boshlab niqobsiz ko‘chaga chiqqan shaxslarga nisbatan esa jarimalar qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 22-mart holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 43 ta holat aniqlangan. Mamlakatda 21-martdan oshxona va choyxonalar, barcha ko‘ngilochar muassasalar faoliyati to‘xtatilgan, 23-martdan so‘ng to‘ylar o‘tkazilishi taqiqlanadi. Rasmiylar aholidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslikni, karantin tartibiga rioya etishni so‘ramoqda.

Daryo muxbiri yuqoridagi yangiliklar poytaxtning hayot tarzida qanday aks etayotganini ko‘zdan kechirib, fotoreportaj tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют