» » Foto: Toshkentga kirishdagi YPX postlarida mashinalar dezinfeksiya qilinmoqda

Foto: Toshkentga kirishdagi YPX postlarida mashinalar dezinfeksiya qilinmoqda


22-martdan boshlab Toshkentga olib kiruvchi har bir YPX maskanlarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qilgan.

Joriy yilning 22-mart kunidan boshlab Toshkent shahrida barcha jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilganligi sababli poytaxtimizda yo‘nalishsiz taksi haydovchilarining faoliyatini nazorat qilish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB va Transport vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari birgalikda poytaxtimizning har bir tumanlari hududida va poytaxtimizga kirish chiqish postlarida, YPX maskanlarida hamkorlikda xizmat olib borishib, fuqarolarga yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatayotgan yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini nazorat qilishmoqda. Haydovchilar boshqaruvidagi transport vositalarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilib, yo‘l kira narxlari sun’iy oshirilib yuborilmasligi ham nazoratga olingan, — deyiladi IIV xabarida.

Mavzuga doir: 

Avval Toshkentdagi barcha korxona va muassasalarga ishchilarni ta’tilga chiqarish haqida topshiriq berilgani, ish masofadan turib tashkil etilishi, O‘zbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangani 25-martdan boshlab niqobsiz yurganlar jarimaga tortilishi, hukumatning 65 yoshdan oshganlarga ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilgani hamda Toshkentda 22-martdan avtobus, metro va “marshrutka”lar harakati to‘xtatilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют