» » Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori: Xitoylik mutaxassislar koronavirusga oid uchta muhim jihatni aytib berdi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori: Xitoylik mutaxassislar koronavirusga oid uchta muhim jihatni aytib berdi


Koronavirus yashirin davrda – kasallik belgilari chiqmasa ham yuqish omiliga ega. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov xitoylik hamkasblari bergan ma’lumotlarga tayanib, “Daryo” muxbiriga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tdi.

20-mart kuni pandemiyaning oldini olishga qaratilgan xalqaro videokonferensiyada bo‘lib o‘tgan va unda Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati ham ishtirok etgan. Bahrom Almatovning ta’kidlashicha, anjumanda xitoylik mutaxassislar o‘z tajribalarini batafsil aytib bergan.

Virus haqida bir nechta yangiliklar aytib o‘tildi. Masalan, virusni yashirin davrida – kasallik belgilari chiqmasa ham yuqish qobiliyatiga ega ekanligi amaliyotda kuzatilgan. Shuningdek, virus tashuvchilarining epidemiologik ahamiyati yuqori ekanligini aytib o‘tdi. Virusga qarshi yuqori ta’sir ko‘rsatadigan preparatlar haqida ham axborot berildi. Bularning barchasini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlar olib bormoqdamiz.

Bahrom Almatov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori 

22-mart holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida koronvirusga chalingan shaxs aniqlanganidan so‘ng O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 43 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi. Xorazmdagi bemorda dastlabki tekshiruv natijalari uning koronavirusga chalinganini ko‘rsatgan hamda u koronavirus bemorlari ro‘yxatiga kiritilgan. Takroriy tekshiruvda, boshqa test tekshiruvi natijasida esa unda koronavirus tasdiqlanmagan. Ayni vaqtda u karantinda saqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют