» » Xitoyda koronavirusga chalingan bir necha o‘n ming odam rasmiy hisob-kitobga kiritilmagani ma’lum bo‘ldi

Xitoyda koronavirusga chalingan bir necha o‘n ming odam rasmiy hisob-kitobga kiritilmagani ma’lum bo‘ldi


Xitoyda COVID-19 koronavirus bilan kasallangan bir necha o‘n ming odam infeksiya alomatlari kuzatilmagani tufayli rasmiy hisob-kitoblarga kiritilmagan bo‘lib chiqdi. Bu haqda South China Morning Post hukumatdagi maxfiy ma’lumotlarga tayanib xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, fevral oxirida mamlakatda 43 ming nafar SARS-CoV-2 alomatlari kuzatilmagan, biroq ushbu kasallik tarqatuvchisi bo‘lgan odamlar ro‘yxatga olingan. Ular karantinga qo‘yilgan va tibbiy kuzatuv ostida bo‘lgan, ammo ularni kasallanganlar rasmiy ro‘yxatiga kiritilmagan va o‘sha vaqtda koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy 80 ming nafardan ko‘p bo‘lgan.

Nashrning yozishicha, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni hukumat bergan ma’lumotlardagidan umumiy sonning chorak qismidan ko‘proq va 125 ming nafarga yaqin.

Ayni kunlarda olimlar kasallik alomatlari kuzatilmagan virus tarqatuvchilarining koronavirus pandemiyasidagi o‘rnini baholay olmayapti, lekin Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga topshirilgan tahlillarda ijobiy natija kuzatilgan har bir odamni COVID-19 yuqtirish holati sifatida qayd etishni tavsiya qilgan.

Xitoy hali ham koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda (81,3 ming nafar odam), biroq vafot etganlar soni bo‘yicha Italiya Chin yurtidan o‘zib ketgan – 5 ming nafar, Xitoyda 3,1 ming nafar odam virus keltirib chiqargan pnevmoniya oqibatida o‘lgan. Fevral o‘rtalarida hukumat qabul qilgan keskin choralar sabab zararlanish bo‘yicha eksponensial o‘sish sur’ati qisqargan.

22-mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda SARS-CoV-2 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 307 mingdan oshib ketgan. 13 ming nafar odam vafot etgan, 92,3 ming nafar odam tuzalgan. COVID-19 koronavirusi 2019-yil dekabr oyida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan, infeksiya Xitoydan tashqari jahonning yana 167 mamlakatida kuzatilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют