» » Bollivudcha urf: Taniqli hind aktrisalari qanday kiyinadi?

Bollivudcha urf: Taniqli hind aktrisalari qanday kiyinadi?


Bollivud aktrisalarini kinolarda bashang kiyingan holda ko‘rib o‘rganib qolganmiz. Ular suratga olish maydonchalari tashqarisida, odatiy hayotda qanday kiyinadi? Cosmopolitan nashri shu haqda material tayyorladi.

Ayshvariya Ray

Bollivudning eng yorqin aktrisalaridan biri Ayshvariya Ray bir necha taniqli brendlarning yuzi ham hisoblanadi. Shuning uchun uning har bir obrazi moda tanqidchilari nazoratida bo‘ladi.

Ayshvariya har doim tartib bilan kiyinadi, xoh u tantanabop kiyim bo‘lsin, xoh kundalik libos bo‘lsin, did bilan tanlaydi.

Priyanka Chopra

Priyanka ayollik go‘zalliklariga urg‘u beruvchu kiyimlarni ma’qul ko‘radi. U muxlislarini tez-tez yangi obrazlar bilan ham xushnud etib turadi.

Anushka Sharma

Anushka o‘z uslubini tez-tez yangilab turadigan aktrisa. U yangi obrazlarni o‘zida sinab ko‘rishdan cho‘chimaydi. Anushka hindcha liboslarni kiyishni ham ma’qul ko‘radi.

Dipika Padukone

Bollivud aktrisalari orasida ham klassik uslubni ma’qul ko‘ruvchilar topiladi. Dipika bunga yorqin misol. Aktrisa tantanali tadbirlarga ham kamtarona kiyinadi, kundalik hayotda ham oddiygina kiyimlarni tanlaydi.

Sonam Kapur

Hindistonning mashhur kinochilar sulolasi vakillari Sonam va Karina Kapurning kiyinish uslubi bir-biriga o‘xshab ketadi. Ular kiyinish uslubida klassik va zamonaviy uslubni mujassamlashtiradi.

Karina Kapur

Keng yelkali kiyimlar, payetkalar, yorqin ranglar — ushbu qaynoq trendlar Sonam va Karinani ham chetlab o‘tmagan. Shuning uchun butun dunyodagi minglab moda ixlosmandlari Sonam va Karinaning kiyinish uslubini ularning Instagram’i orqali kuzatadi.

Mavzuga doir: Bollivud yulduzlari Instagram’dagi postlaridan qancha ishlab topadi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют