» » “Epidemiya tugaguncha, Rossiyada bo‘lib turaylik. O‘zbekistonga yordamimiz shu bo‘lsin”. Yurist Rossiyadagi vatandoshlarga murojaat qildi

“Epidemiya tugaguncha, Rossiyada bo‘lib turaylik. O‘zbekistonga yordamimiz shu bo‘lsin”. Yurist Rossiyadagi vatandoshlarga murojaat qildi


Rossiyaning Moskva shahrida yuristlik faoliyatini olib boruvchi Botirjon Shermuhammad ushbu mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.

U murojaatida ayni paytda Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini shu yerda qolishga chaqirdi.

Bunga bir qancha sabablarni keltiraman:

1) sarson bo‘lasiz, charter reyslarda, avvalo, bemorlar, homilador va yosh bolali ayollar, qariyalar va Uzbekistan Airways’ning 16-martdan 21-martgacha bo‘lgan davridagi bekor qilingan reyslarga bileti bor fuqarolar ketishadi. Bilet topish ham oson bo‘lmaydi. O‘zbekistonga borib, 14 kun maxsus joylarda karantinda bo‘lasiz. 20 kilogrammdan kam bo‘lmagan yuklaringiz bilan u yerlarga yetib borish va joylashish ham oson emas. Ayniqsa, yosh bolalar bilan. Sharoitlar ham oliy darajada emas;

2) karantin paytida sizga yoki siz orqali boshqalarga kasallik yuqishi ehtimoli katta. Virus chetdan kelganlardan yuqmoqda. Karantinda turganlar o‘zaro muloqot paytida bir-birlariga yuqtirishlari mumkin. Shifokorlar barchaga imkon boricha, jamoat joylarida kamroq bo‘lishni tavsiya qilishmoqda. Vaksina yo‘q hozirgi sharoitda eng samarali usul — shu. Kasallanganlar birdan ko‘payib ketsa, hech qaysi davlatning tibbiyot tizimi bunga dosh berolmaydi;

3) charter reyslarga biletlar pullik va arzon emas;

4) davlatimiz resurslarini bizni olib ketishga emas, kasallikka qarshi kurashga safarbar qilaylik. Borganlarni tekshirish, qo‘riqlash va karantinda 14 kun ta’minlashga ham resurs kerak bo‘ladi;

5) hammani olib ketishning imkoni yo‘q. Rossiyada 2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari mavjud. Agar ulardan 1 foizi (20 ming) uyga ketmoqchi bo‘lsa, kamida 80 ta reys tashkil qilish kerak bo‘ladi. Bu ham bitta reysda 250 ta olib kelinsa. Odatda bir uchoqda 200 nafar odam bo‘ladi;

6) Rossiya tibbiyoti imkoniyatlari biznikidan yaxshiroq. O‘zbekiston tibbiyoti xodimlari va rahbarlarini hurmat qilgan holda bu yerdagi sharoitlar va tibbiyot taraqqiyoti darajasi yaxshiroq ekanini tan olishimiz kerak. Xudo ko‘rsatmasin, kasallik yuqsa ham Rossiyada davo topish imkoniyati ko‘proq;

7) hujjat muammolari hal bo‘ldi. Barcha registratsiyasi yo‘q va muddati tugayotgan fuqarolarga Rossiya IIV hech qanday muammosiz registratsiya muddatini 90 kunga cho‘zib beradi. Chegaraga chiqmay patent olsa ham bo‘ladi. Hech kim deport qilinmaydi.

P.S.: Yuqoridagilarni hisobga olib, kelinglar, davlatni ham, o‘zimizni ham qiynamaylik. Epidemiya tugaguncha, shu yerda bo‘lib turaylik. Hukumatga bizning yordamimiz shu bo‘lsin.

Botirjon Shermuhammad, yurist

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytarish haqida ko‘rsatma bergan edi.  Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Jahongir Xidayxo‘jayevning ma’lum qilishicha, Rossiya, Turkiya, Misr, Hindiston, Malayziya, Janubiy Koreyadan 7 ta charter reys orqali jami 1750 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgan bo‘lib, ular 14 kunlik karantinga olingan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xorijiy fuqarolarning RF hududida vaqtincha bo‘lish muddatlarining uzaytirilgani yuzasidan izoh berdi

Eslatib o‘tamiz, 16-martdan boshlab xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilinib, avtotransport vositasida O‘zbekistonga kirish-chiqish to‘xtatildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 45 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют