» » Angela Merkel karantinda qolishga qaror qildi

Angela Merkel karantinda qolishga qaror qildi


Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zini emlagan shifokorda koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng, uy karantinida qolishga qaror qildi, deb xabar beradi Reuters.

Germaniya kansleri bu haqda 22-mart kuni karantin chora-tadbirlari yanada qat’iylashtirilgani to‘g‘risida e’lon qilganidan so‘ng bilib qolgan. Yangi tartib-qoidaga ko‘ra, mamlakatda yaqin ikki hafta ichida ikki kishidan ortiq bo‘lgan odamlarning bir joyda to‘planishi taqiqlandi.

Izolyatsiya vaqtida Merkel o‘zining xizmat majburiyatlarini bajarishni davom ettirish niyatida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya COVID-19 pandemiyasi oqibatida eng ko‘p jabr ko‘rganlar soni bo‘yicha beshta davlat qatoriga kiradi. Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 24 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan, vafot etganlar soni 92 kishiga yetgan.

Mavzuga doir: Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat anomal: bemorlar ko‘p, o‘lim kam

Ta’kidlanishicha, Germaniya laboratoriyalarida har hafta qariyb 160 mingta tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bu Yevropadagi boshqa davlatlarning umumiy hisobda o‘tkazgan tekshiruvlaridan ham ko‘p.

22-mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 307 mingdan oshib ketgan. O‘zbekistonda esa virusni yuqtirib olganlar soni 45 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют